Sport

Rio Olimpiadasining kulgili lahzalari

Braziliya yozgi olimpiada oʻyinlarida fotosuratchilar tomonidan muhrlangan kulgili lahzalarni eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz. Eslatib oʻtamiz, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga 5 avgust kuni start berilgan boʻlib, u 21 avgust sanasiga qadar davom etadi.

Tramplindan sinxron sakrash boʻyicha Avstraliya terma jamoasi vakillari, erkaklar oʻrtasida oʻtkaziladigan badiiy gimnastika boʻyicha musobaqalar qatnashgan AQSH vakili, kolumbiyalik raqibga qarshi jang qilgan qirgʻizistonlik bokschi va boshqa koʻplab sportchilar ayrim kadrlarda juda kulgili chiqishgan. Ayol "fotomodellar" surat mualliflaridan bu kadrlarni yoʻqotishni iltimos qilgan boʻlishardi, bu shubhasiz.

Sputnik Qirgʻiziston toʻplagan suratlar asosida tayyorlandi.

© REUTERS / PHIL NOBLEBraziliya terma jamoasi oʻyinchisi Andre Nasimento amerikalik regbichiga favqulodda yaqin keldi. "Tasodifiy boʻsa" kartinasi. XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari, Rio-de-Janeyro
Braziliya terma jamoasi oʻyinchisi Andre Nasimento - Sputnik Oʻzbekiston
1/16
Braziliya terma jamoasi oʻyinchisi Andre Nasimento amerikalik regbichiga favqulodda yaqin keldi. "Tasodifiy boʻsa" kartinasi. XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari, Rio-de-Janeyro
© REUTERS / PETER CZIBORRAFrantsiyalik bokschi Paul Omba Biongolo oʻz raqibi, ozarbayjonlik bokschi Abdulqodir Abdullayevdan "ogʻziga siqqanicha" zarba "yedi". XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari, Rio-de-Janeyro (91 kg gacha vazn toifasi)
Frantsiyalik bokschi Paul Omba Biongolo - Sputnik Oʻzbekiston
2/16
Frantsiyalik bokschi Paul Omba Biongolo oʻz raqibi, ozarbayjonlik bokschi Abdulqodir Abdullayevdan "ogʻziga siqqanicha" zarba "yedi". XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari, Rio-de-Janeyro (91 kg gacha vazn toifasi)
© AFP / VINCENT THIANQirgʻizistonlik yagona bokschi Erkin Odilbek oʻgʻli raqibi - kolumbiyalik Xuan Karlos Karriloga 0:3 hisobda magʻlub boʻldi. Berganda ol, urganda qoch maqolidan bexabar-ov Karrilo...
XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari, Rio-de-Janeyro
Qirgʻizistonlik bokschi Erkin Odilbek oʻgʻli - Sputnik Oʻzbekiston
3/16
Qirgʻizistonlik yagona bokschi Erkin Odilbek oʻgʻli raqibi - kolumbiyalik Xuan Karlos Karriloga 0:3 hisobda magʻlub boʻldi. Berganda ol, urganda qoch maqolidan bexabar-ov Karrilo...
XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari, Rio-de-Janeyro
© REUTERS / TORU HANAI"Tegirmonning charxpalagi": moʻgʻulistonlik dzyudochi Odbayar Ganbaatar saralash bosqichida Misrlik Muhammad Muxyeldinga qarshi jang qilmoqda (73 kg vazn toifasi).
Moʻgʻulistonlik dzyudochi Odbayar Ganbaatar - Sputnik Oʻzbekiston
4/16
"Tegirmonning charxpalagi": moʻgʻulistonlik dzyudochi Odbayar Ganbaatar saralash bosqichida Misrlik Muhammad Muxyeldinga qarshi jang qilmoqda (73 kg vazn toifasi).
© REUTERS / TORU HANAI"Bu kimning oyogʻi?" - Xitoyning Taybeyidan boʻlgan dzyudochi Min Yen Tsay saralash bosqichida laoslik raqibi bilan jang davomida.
Xitoylik dzyudochi Min Yen Tsay - Sputnik Oʻzbekiston
5/16
"Bu kimning oyogʻi?" - Xitoyning Taybeyidan boʻlgan dzyudochi Min Yen Tsay saralash bosqichida laoslik raqibi bilan jang davomida.
© AP Photo / DAVID J. PHILLIPAyollar oʻrtasida oʻtkazilgan 200 metrga erkin brass usulida suzish musobaqasi davomida irlandiyalik suzuvchi Fiona Doylning yelkasidan "oyoqlar" "oʻsib chiqdi".
Irlandiyalik suzuvchi Fiona Doyl - Sputnik Oʻzbekiston
6/16
Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan 200 metrga erkin brass usulida suzish musobaqasi davomida irlandiyalik suzuvchi Fiona Doylning yelkasidan "oyoqlar" "oʻsib chiqdi".
© AFP / REBECCA BLACKWELLAQShlik sportchi Kris Bruks erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan badiiy gimnastika boʻyicha final musobaqalarda mashgʻulotlarni bajarmoqda. Erkaklarga ham oson emas...
AQShlik sportchi Kris Bruks - Sputnik Oʻzbekiston
7/16
AQShlik sportchi Kris Bruks erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan badiiy gimnastika boʻyicha final musobaqalarda mashgʻulotlarni bajarmoqda. Erkaklarga ham oson emas...
© AP Photo / MARKO DJURICADaniya terma jamoasi oʻyinchisi Lasse Svan va argentinalik darbozabon Matias Karlos Shults gandbol boʻyicha oʻtkazilgan saralash bosqichi musobaqalarida. Karatechilar adashib gandbolga kelib qolgan-ov...
Daniya terma jamoasi oʻyinchisi Lasse Svan - Sputnik Oʻzbekiston
8/16
Daniya terma jamoasi oʻyinchisi Lasse Svan va argentinalik darbozabon Matias Karlos Shults gandbol boʻyicha oʻtkazilgan saralash bosqichi musobaqalarida. Karatechilar adashib gandbolga kelib qolgan-ov...
© REUTERS / MARKO DJURICAAngola terma jamoasi darvozaboni Tereza Almeyda Ruminiyaga qarshi oʻtkazilgan saralash bosqichi musobaqalarida. Nima ham derdik, haqiqiy "uchar" darvozabon
Angola terma jamoasi darvozaboni Tereza Almeyda - Sputnik Oʻzbekiston
9/16
Angola terma jamoasi darvozaboni Tereza Almeyda Ruminiyaga qarshi oʻtkazilgan saralash bosqichi musobaqalarida. Nima ham derdik, haqiqiy "uchar" darvozabon
© AFP / JIM WATSONStol tennisi boʻyicha uchrashuvda yaponiyalik Ay Fukuxaraga qarshi chiqqan shimoliy koreyalik sportchi Kim Son Ayning koʻzlari xuddi shunday koʻrinishga keldi
Shimoliy Koreyalik sportchi Kim Son Ayning koʻzlari - Sputnik Oʻzbekiston
10/16
Stol tennisi boʻyicha uchrashuvda yaponiyalik Ay Fukuxaraga qarshi chiqqan shimoliy koreyalik sportchi Kim Son Ayning koʻzlari xuddi shunday koʻrinishga keldi
© AFP / YASUYOSHI CHIBAMisrlik volleybolchi Doaa Elgobashi va germaniyalik Laura Lyudvig playaj volleyboli boʻyicha saralash bosqich musobaqalarida. Ikki olam - ikki qiyofa.
Misrlik volleybolchi Doaa Elgobashi - Sputnik Oʻzbekiston
11/16
Misrlik volleybolchi Doaa Elgobashi va germaniyalik Laura Lyudvig playaj volleyboli boʻyicha saralash bosqich musobaqalarida. Ikki olam - ikki qiyofa.
© REUTERS / MARCELO DEL POZOMisrlik volleybolchi Muhammad Badaviy Polshaga qarshi oʻtkazilgan uchrashuvda toʻrni tishlashga qaror qildi. Yaxshiyamki temirdanmas tishlari...
Misrlik volleybolchi Muhammad Badaviy - Sputnik Oʻzbekiston
12/16
Misrlik volleybolchi Muhammad Badaviy Polshaga qarshi oʻtkazilgan uchrashuvda toʻrni tishlashga qaror qildi. Yaxshiyamki temirdanmas tishlari...
© AP Photo / BEN CURTISJanubiy koreyalik voleybolchi qizlar gandbol boʻyicha saralash bosqichida Shvetsiya termasiga "toʻsiq" qoʻyishmoqda. "Toshga sol, baxtingdan koʻr"
Janubiy koreyalik voleybolchi qizlar toʻsiq qoʻyishmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
13/16
Janubiy koreyalik voleybolchi qizlar gandbol boʻyicha saralash bosqichida Shvetsiya termasiga "toʻsiq" qoʻyishmoqda. "Toshga sol, baxtingdan koʻr"
© REUTERS / ISSEI KATOVengriyalik qilichboz Emes Tsats "oltin" medalni qoʻlga kiritganiga quvonmoqda, keyingi olimpiadada balandlikka sakrash boʻyicha ham medal olsa ne ajab?!
Vengriyalik Emes Tsats oltin medalni shu tarzda qarshi oldi - Sputnik Oʻzbekiston
14/16
Vengriyalik qilichboz Emes Tsats "oltin" medalni qoʻlga kiritganiga quvonmoqda, keyingi olimpiadada balandlikka sakrash boʻyicha ham medal olsa ne ajab?!
© GABRIEL BOUYS / AFPRioda oʻtkazilgan yozgi olimpiya oʻyinlarida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan amerikalik afsonaviy suzuvchi Maykl Felps olis masofada uzoq kutgan (yo koʻrishni xohlamagan) tanishini koʻrib qoldi-yov?!
Amerikalik afsonaviy suzuvchi Maykl Felps - Sputnik Oʻzbekiston
15/16
Rioda oʻtkazilgan yozgi olimpiya oʻyinlarida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan amerikalik afsonaviy suzuvchi Maykl Felps olis masofada uzoq kutgan (yo koʻrishni xohlamagan) tanishini koʻrib qoldi-yov?!
© GOH Chai Hin / AFPKolumbiyalik Albero Oskar Figueroa Moskerani shtanga bosib qolibdi, deb oʻylamang. Aslo bunday emas. Sportchi oʻz gʻalabasiga shunday quvondi! Nima ham derdik, har kim oʻzicha quvonadi-da...
Kolumbiyalik Albero Oskar Figueroa Moskera - Sputnik Oʻzbekiston
16/16
Kolumbiyalik Albero Oskar Figueroa Moskerani shtanga bosib qolibdi, deb oʻylamang. Aslo bunday emas. Sportchi oʻz gʻalabasiga shunday quvondi! Nima ham derdik, har kim oʻzicha quvonadi-da...
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala