Jamiyat

Riodan tayekvondo va badiy gimnastika haqida

© rio2016.comTayekvondo, Nikita Rafalovich
Tayekvondo, Nikita Rafalovich - Sputnik Oʻzbekiston
Rioda 19 avgust kuni boʻlib oʻtgan musobaqalarda, Oʻzbekistonlik bokschilardan tashqari bir badiiy gimnastikachi va ikki tayekvondochi sportchilar qatnashdi.

TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. Rioda oʻtgan 14 olimpiada kunida Oʻzbekistonlik bir necha sportchilar saralash bahslarida ishtirok etishdi deb xabar qiladi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Badiiy gimnastika boʻyicha boʻlib oʻtgan saralash bahslarida Oʻzbekistonlik sportchi Anastasiya Serdyukova obruchda 17.166, toʻp mashqida 17.100, bulavada 17.316 va tasma mashqida 16.908, jami 68.490 ball jamgʻarib, 26 nafar sportchi orasida 17-oʻrinni egalladi.

© Novosti UzbekistanaBadiiy gimnastikachi Anastasiya Serdyukova
Obladatelnitsa imennoy litsenzii Anastasiya Serdyukova - Sputnik Oʻzbekiston
Badiiy gimnastikachi Anastasiya Serdyukova

Tayekvondo boʻyicha ayollar orasida oʻtkazilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Nigora Tursunqulova shvetsiyalik Elin Yoxanssonni magʻlub etdi. Afsuski, kunning ikkinchi yarmida boʻlib oʻtgan musobaqalarda Nigora Ozarbayjonlik Azizova Faridaga imkoniyatni boy berdi. Shuni alohida aytib oʻtish kerakki, Nigora ushbu Olimpiadada eng yosh tayekvondochi, lekin shunga qaramasdan Nigora oʻzining shiddatli janglari bilan muxlislar olqishini qozondi. Nigoraning boʻlajak sport karyerasida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

© taekwondo.uzNigora Tursunqulova, oʻngda
Nigora Tursunqulova, oʻngda - Sputnik Oʻzbekiston
Nigora Tursunqulova, oʻngda

Tayekvonda boʻyicha 80 kg vaznda, erkaklar orasida saralash musobaqalarida ishtirok etayotgan Oʻzbekistonlik Nikita Rafalovich birinchi davra bahsida Tunislik sportchiga imkoniyatni boy berdi. Endigi umidimiz Oʻzbekistonlik jahon chepioni Dmitriy Shokindan. Dmitriy bugun 20 avgust shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da Xitoylik Kiao Senga qarshi tatamiga chiqadi.

Shunday qilib, bugungi kun hisobida Oʻzbekistonlik sportchilar 2ta oltin, 1 kumush va 5 bronza medali sohibi boʻlishdi. Olimpiada oxiriga qadar Oʻzbekiston medallar kollektsiyasya yanada boyishi muqarrar, chunki uch bokschimiz finalda Dmitriy Shokindan ham medalga umidimiz bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala