Hodisalar

“Tolibon”ning uch jangarisi oʻzlari oʻrnatgan minada portlab ketdi

© AFP / Noorullah Shirzada Tolibon jangarilari
Tolibon jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
“Tolibon” guruhining uch nafar jangarisi oʻzlari oʻrnatgan minada portlab ketdi, deb maʼlum qildi Afgʻonistonning Gʻazni viloyati politsiyasi rahbari Aminulla Umarxil.

TOSHKENT, 23 avg — Sputnik. “Tolibon” guruhining uch nafar jangarisi oʻzlari oʻrnatgan minada portlab ketdi, deb maʼlum qildi Afgʻonistonning Gʻazni viloyati politsiyasi rahbari Aminulla Umarxil, RIA Novostiga asosan.

Voqea mahalliy vaqt bilan soat oʻnda viloyatning sharqidagi “Tolibon” guruhi faol boʻlgan Andar shahrida yuz berdi.

“Tolibon”ning uch jangarisi mototsiklda oʻzlari oʻrnatgan minani bosib oʻtishi oqibatida voqea joyida halok boʻlishdi”, deya Umarxilning soʻzlaridan iqtibos keltiradi Sinxua agentligi.

Afgʻonistondagi vaziyat keyingi oylarda sezilarli ravishda yomonlashdi. Ilgari mamlakatning qishloq hududlarini egallagan "Tolibon" radikal guruhi yirik shaharlarga hujum boshladi. mamlakat hududida shuningdek "Islom davlati" terrorchilik guruhining taʼsiri oʻsmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala