Dunyoda

Ekspert: Rossiya nega Eron aerodromidan foydalanishni toʻxtatdi

© Sputnik / Alexander NatruskinSharqshunoslik instituti mutaxassisi Vladimir Sajin
Sharqshunoslik instituti mutaxassisi Vladimir Sajin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Havo-kosmik kuchlari Hamadan aviabazasidan foydalanmayotgani sabablari bir necha boʻlishi mumkin, lekin asosiysi Eron va Rossiya orasida bu borada aniq kelishuvning boʻlmagani va Eron hukumati ichidagi turli siyosiy ziddiyatlar, deb hisoblaydi Rossiya Sharqshunoslik instituti katta mutaxassisi Vladimir Sajin.

TOSHKENT, 23 avg — Sputnik, Anastasiya Lebedeva. Oʻtgan haftada Rossiya Havo-kosmik kuchlari Eronning Xamadan aviabazasidan foydalanib “Islom davlati”, Jabxat Fatax ash-Sham” terrorchilik guruhlari pozitsiyasiga zarba bergan edi.

Eron hukumati esa, Rossiya ushbu aviabazadan cheklanmagan davr mobaynida foydalanishi mumkin, — deb xabar qilgan edi, lekin keyinroq maʼlum boʻlishiga qaraganda, Rossiya Xamdan aviabazasidan foydalanishni toʻxtatgan.

Rossiya Havo-kosmik kuchlari Eron aerodromini tark etishiga, Sputnik Tojikiston muxbiriga Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Vladimir Sajin  izoh berdi. Uning fikriga koʻra, ushbu voqealarning asosiy  sababi uchta.

Rossiya aerodromni toʻliq aviabazaga aylantirmoqchi boʻlgan

Dastavval, Xamadan erodromidan faqat samolyotlarga yonilgʻi quyish va jangovar zahiralarni toʻldirish maqsadida, qisqa muddatga qoʻnib-uchish uchun foydalanish rejalashtirilgan edi, deydi Sajin.

“Rossiyadan Suriya hududigacha juda katta masofa, samarali aviazarba berish uchun, yarim yoʻlda toʻxtab oʻtish kerak”, — dedi mutaxassis.  

Keyinchalik, Rossiya Xamadan aerodromidan toʻliq aviabaza sifatida foydalanishni soʻragan. Yaʼni, aerodromda koʻp sonli harbiy mutaxassislar, uchuvchilar, injener-texnik mutaxassislar va parvozni boshqarish xodimlari  va boshqalar kerak boʻladi.

“Eron bundan butunlay voz kechgan, chunki bu uning Konstitutsiyasiga zid”, — deydi sharqshunos.

Sukut – oltinga teng  

Ikkinchidan, bunga sabab, Rossiya oʻzining siyosiy gʻalabasini vaqtidan oldin eʼlon qilishi bilan bogʻlik boʻlishi mumkin, deydi ekspert.

Tomonlar ushbu kelishuv haqida baralla ovoza qilmaslik haqida kelishib olishgan boʻlishiga qaramasdan, Rossiyaning bu haqida keng ovoza qilishi eron siyosiy doiralariga xush kelmagan boʻlishi mumkin.

“Buni butunlay sir tutishning iloji yoʻq, albatta, chunki aviatsiyaning har bir qadami AQSH va NATO tomonidan kuzatib turiladi, lekin hamma bilib tursada, imi-jimida amalga oshirsa boʻlar edi”, — deb hisoblayldi  Sajin.  

Eron ichki siyosiy kurashi

Sharqshunos fikriga koʻra, voqeaning uchinchi sababi, Eron ichida kechayotgan siyosiy kurash boʻlishi mumkin.

Eron ichidagi ayrim siyosiy kuchlar Suriyadagi tinchlik oʻrnatish operatsiyasida Rossiyaning ahamiyati haddan ortiq kuchayib ketishidan xavotirda.

“Bu yerda oʻziga xos raqobat ham rol oʻynagan boʻlishi mumkin, Rossiya Eronning Suriyadagi taʼsirini kamaytirishi mumkin. Eron uchun eng muhimi – Suriya hukumati ustida Bashar Asadni  saqlab qolib, Eron – Iroq – Suriya  - Livandan iborat boʻlgan shiya musulmonlari davlatlar halqasi (ittifoqi) yaratishdir”, — deydi ekspert.  

Uning fikriga koʻra, Eron Rossiyaga aviabazani ishlatishga avval ruxsat berishi, keyin esa rad etishi – Rossiyaga nisbatan xunuk ish boʻldi.

“Bu bilan Rossiya obroʻsiga putr yetkazilishi mumkin, lekin ushbu ish ikki mamlakat munosobatlariga zarar yetkizmaydi”, — deb xulosi qildi Sajin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala