Jamiyat

Oʻzbekistonda “Haj -2016 ” ziyoratlar mavsumi boshlandi

Bu yil ziyoratchilar haj va umra safariga 24 avgust — 4 sentyabr kunlari joʻnab ketishadi, 17-28 sentyabr kunlari qaytib kelishadi.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi xabariga koʻra, 2016 yilda Oʻzbekiston uchun ajratilgan haj kvotasidan toʻliq foydalaniladi.

2015 yilda Saudiya Arabistoni tomonidan Oʻzbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi 5200 oʻrinni tashkil qilib, u toʻliq ishlatilgan edi. 2016 yilda ham ushbu kvota 5200 kishi miqdorida saqlanib qoldi.

“Bu yili ziyoratchilar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining “Boing” rusumli havo kemalarida Toshkent, Namangan, Buxoro, Urganch, Qarshi va Samarqand shaharlaridan amalga oshirilishi rejalashtirilgan charter reyslarda 24 avgust — 4 sentyabr kunlari joʻnab ketishadi,  17-28 sentyabr kunlari qaytib kelishadi”, — deyilgan  Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi xabarida.

Xabar davomida, bugun 24 avgust kuni dastlabki guruh — haj delegatsiyasi, ishchi guruhi aʼzolari, shifokorlar, oshpazlar va ziyoratchilardan iborat jami 450 dan iborat odam Saudiya Arabistoni Podshohligiga  joʻnab ketgani ham xabar qilingan.

Bu yilgi ziyoratchilar guruhi orasida Toshkent islom universitetining  “Ziyo” studiyasi vakillari ham borligi va ular safar davomida hojilar hayotini yoritib borishlari va ushbu reportajlar “Oʻzbekiston” telekana li orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonlik ziyoratchilar uchun haj ziyorati juda yuqori darajada tashkillashtirish odatiy holga aylangan. Ziyoratchilar guruhi bilan birga oʻz oshpaz va shifokorlarining borishi, mehmonxonadan ziyoratgohlarga uyushtirilayotgan barcha safarlar buyurtma berilgan avtobuslar va oʻzbekistonlik tashkilotchilar yordamida amalga oshirilishi – ziyoratchi ota va onaxonlarga xavfsizlik va qoʻshimcha qulaylik yaratadi.

Saudiya Arbistoni Haj vazirligi ham Oʻzbekiston haj va umra safarlarini MDH  davlatlari orasida namunali  darajada amalga oshirayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala