Matbuot va axborot agentligi direktori hozircha lavozimidan chetlashtirilmadi

© Sputnik / StringerUzbekskoye agentstvo po pechati i informatsii
Uzbekskoye agentstvo po pechati i informatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Manbaning aytishicha, tekshiruv oʻtkazilayotgan vazirlik yoki muassasa rahbarini huquq-tartibot organlariga koʻrgazma berish uchun chaqirish oddiy hol.

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Omonullo Yunusov hozircha oʻz lavozimidan chetlashtirilgani yoʻq, deb xabar berdi agentlikdagi manba Sputnik muxbiriga.

Ilgariroq OAVlarda Yunusov Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tarkibiga kiruvchi “Oʻzbekiston” nashriyot matbaa uyidagi talon-torojliklarga oid jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

"Tekshiruv oʻtkazilayotgan vazirlik yoki muassasa rahbarini huquq-tartibot organlariga koʻrgazma berish uchun chaqirish oddiy hol. Lekin ayrim ommaviy axborot vositalarida aytilganidek agentlik rahbarini xonasidan kishanlarda olib chiqib ketishgani haqidagi xabarlar boʻlmagʻur gap. Tergov ishlari ketyapti, huquq-tartibot idoralari xodimlari barcha masʼul shaxslardan koʻrgazma olishyapti, hammasi huquqiy asosda boʻlyapti”, — dedi manba.

Uning aytishicha, Yunusov matbaa-nashriyot tizimida mamlakatdagi eng tajribali kishilardan hisoblanadi, u 1989 yildan buyon bu sohada faoliyat yuritadi. Oʻsha davrdan to 2013 yilga qadar u “Sharq” nashriyot-matbaa kontsernida barcha pogʻonalarni bosib oʻtgan, 2005 yildan kontsernga rahbarlik qilgan.

2013 yilda Yunusov Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga bosh direktor etib tayinlangan. "Bu vazirlikka yangi rahbar tayinlash nozik ish. Hattoki Yunusovning ishdan olib tashlanish ehtimoli boʻlsa-da, bu hali-beri yuz bermaydi", — taʼkidladi manba.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala