Dunyoda

Tolibon Afgʻonistonning sharqiy tumanlaridan birini egallab oldi

Pajvak agentligi xabariga koʻra, Djani Kxel tumani uchun boʻlgan janglarda Afgʻoniston Xavsizlik qoʻshnlaridan 50 kishi, Tolibon jangarilardan esa 200 kishi qurbon boʻlgan.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Tolibonning 1200 jangaridan iborat guruhi juma kechqurun Afgʻoniston sharqiy tumanlaridan biriga hujum qilib, uni egallab oldi, deb xabar qilmoqda Tolonews telekanali.

Pajvak agentligi xabariga koʻra, Pokiston bilan chegaradosh boʻlgan, Paktika viloyatining Djani Kxel tumanida uchun boʻlgan janglarda Afgʻoniston Xavsizlik qoʻshnlaridan 50 kishi, Tolibon jangarilardan esa 200 kishi qurbon boʻlgan.Tuman maʼmuriyati rahbari, Abdu Rahmon Solamalaning soʻzlariga qaraganda, Afgʻoniston markaziy hukumati qoʻshnlari yordamga kelmagani sababli, Tolibon hujumi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Eslatib oʻtamiz, oxirgi vaqtlarda Afgʻonistonda Tolibon radikal harakati va “Islom davlati”  terrorchi tashkilotining faolligi kuchaydi. Afgʻoniston rasmiy hukumati jang qilayotgan guruh rahbarlarini jamlab tinchlik shartnomasi tuzish borasida qilgan saʼy-harakatlari ham natija bermadi. Oʻtgan oy davomida Qobulda, oʻnlab kishining umriga zomin boʻlgan, bir necha qonli teraktlar amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala