Jamiyat

1 sentyabr kuni bayram tadbirlari Toshkentning qaysi hududlarida oʻtkazilishi eʼlon qilindi

© Sputnik / Xulkar IbragimovaToshkentda bayram tadbiri
Toshkentda bayram tadbiri - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari 1 sentyabr kuni Toshkent shahrining 12ta nuqtasida oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Toshkent shahar hokimining 2016 yil 29 iyulidagi 122-f-sonli farmoyishiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayrami munosabati bilan 2016 yil 1 sentyabr kuni soat 11:00dan 18:00gacha poytaxtdagi xiyobon va istirohat bogʻlarida boʻlib oʻtadigan xalq sayili hamda bayram tadbirlari rejasi tasdiqlangan. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyati saytida maʼlum qilingan.

Eʼlonga koʻra, bayram tadbirlari oʻtkaziladigan hududlar quyidagilardir: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻi, Abdulla Qodiriy, Bobur, Mirzo Ulugʻbek, Furqat, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, Toshkent hayvonot bogʻi, Oʻzbekiston Davlat tsirki,  Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat maʼrifat markazi, “Baxt diyor” guzari oldi maydonlari, “Lokomotiv”, “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bogʻlari.

Yangiliklar lentasi
0