Hodisalar

Bishkekda portlash yuz berdi

© Sputnik / Erkin AlыmbekovBishkek shahrining janubiy qismida portlash yuz berdi
Bishkek shahrining janubiy qismida portlash yuz berdi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Portlash Xitoy elchixonasi oldida yuz bergan. Ichki ishlar xodimlari hodisa joyiga yoʻl olganliklari xabar qilinmoqda.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Portlash seshanba kuni Bishkekning janubiy qismi — Xitoy elchixonasining oldida roʻy berdi. Hodisa oqibatida kamida bir kishi halok boʻlgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

​Xabarda yozilishicha, portlash ovozi janubiy poytaxt boʻylab jarang topgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hozirdanoq portlash haqida yoza boshladilar.

"Yaxshigina portladiyu. Qayerda yuz berdi? AQSH elchixonasidami?", deb yozgan Nigger Nietzschebrod ismli foydalanuvchi.

"Portlash juda kuchli boʻldi, uyimning oynalari zirqirab ketdi", — degan javoban Calculatrice niki ostidagi foydalanuvchi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, portlash roʻy bergan hudud kuch ishlatish organlari xodimlari tomonidan oʻrab olingan.

Qirgʻiziston Respublikasi FVV maʼlumotiga muvofiq, shaharning Xitoy elchixonasi joylashgan qismidagi bir binodan tutun chiqmoqda. Hodisa sabablari oʻrganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0