Siyosat

Rustam Azimovning hibsga olingani haqidagi xabar inkor etildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka oʻtishOʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov
Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov ayni vaqtda oʻz ish joyida, deb xabar qilgan seshanba kuni RIA Novosti nashriga Moliya vazirligi qabulxonasi vakili.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Bir kun oldin OAVlarda Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovning goʻyoki vafot etgani haqidagi xabarlardan soʻng Rustam Azimov uy qamogʻiga olingani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

"Vazirlik odatiy tartibda ishlayapti, rahbariyatning hammasi joyida, Rustam Sodiqovich (Azimov, tahr.) oʻz kabinetidalar", — deb xabar qilgan Moliya vazirligi vakili.

Rustam Azimov 2000 yildan beri Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimini egallab keladi.

2005 yilning fevralidan buyon u shuningdek, Respublika Moliya vazirligiga rahbarlik qilib kelmoqda.

"Fergana" nashri kecha kechqurun Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov kunduz kuni insult oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqatdi. Oʻzbekiston Prezidenti apparatidagi manba dushanba kuni kechqurun RIA Novosti nashriga Karimovning ahvoli stabil ekanligini maʼlum qildi va prezident vafoti haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu xabarni hech kim rasman tasdiqlagani yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0