Islom Karimov 3-sentabr kuni Samarqandda dafn etiladi

© Mixail GenisSamarqand, Shohi Zinda majmuasi
Samarqand, Shohi Zinda majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda 3 kunlik motam e’lon qilindi.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni Toshkentda vafot etdi.

3 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda 3 kunlik motam e’lon qilindi.

"Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Prezidentimizning vasiyatiga ko‘ra, Islom Karimov shu yil 3-sentabrda ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016-yil 3-sentabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi", — deyiladi hukumat xabarida.

Yangiliklar lentasi
0