Jamiyat

Islom Karimovning dafn marosimiga xorij davlat rahbarlari yetib kelishmoqda

© TROLL.UZToshkent Islom Karimovni soʻnggi manzil tomon kuzatmoqda
Toshkent Islom Karimovni soʻnggi manzil tomon kuzatmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni vaqtda Samarqandga Afgʻoniston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston Bosh vazirlari, Xitoy, Janubiy Koreya va Ukraina Bosh vazir oʻrinbosarlari yetib kelishgan.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Oʻn yetti mamlakat delegatsiyalari Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn marosimida ishtirok etadilar, deb xabar qilmoqda Respublika Vazirlar Mahkamasining vakili.

Oʻzbekiston hukumati kuni kecha Respublika Prezidenti 78 yoshda vafot etgani haqida xabar qilgan edi. Bugundan boshlab Oʻzbekistonda uch kunlik motam eʼlon qiligan. Prezidentning dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha tashkil qilingan Davlat Komissiyasi Islom Karimov oʻz ona shahri Samarqandda dafn etilajagini maʼlum qildi.

"Oʻn yetti davlat delegatsiyalari dafn marosimida ishtirok etish uchun keldilar, marosim uchun hammasi tayyor. Tadbir soat 12da boshlanadi", — deya aniqlik kiritdi agentlikka suhbatdosh.

Vakilning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda Samarqandga Afgʻoniston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston Bosh vazirlari, Xitoy, Janubiy Koreya va Ukraina Bosh vazir oʻrinbosarlari yetib kelishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala