Analitika

Ekspertlar: Oʻzbekiston mintaqadagi yetakchi geosiyosiy davlat

Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni vafot etdi. Ekspertlar Karimovdan keyingi Oʻzbekiston Markaziy Osiyo va dunyoda qanday oʻrin tutgani haqida fikr bildirishdi.

 

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. RIA Novosti Oʻzbekistonning bugungi mavqei haqida ekspertlar fikrini oʻrgandi.

Ekspertlarning fikricha, hududdagi barcha muhim muammolarni hal qilish uchun Toshkentning ishtiroki zarur.

"Oʻzbekiston hududdagi yetakchi davlat, chunki markaziy geosiyosiy makonda joylashgan, hududning mutlaq demografik yetakchisi hisoblanadi, iqtisodiyoti ham sezilarli ravishda", — deydi MDH institutining Markaziy Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi mudiri Andrey Grozin. — Barcha jabhalar – geosiyosiy, geoiqtisodiy, geostrategik nuqtai nazardan bu davlat bilan hisoblashmasdan Markaziy Osiyoda barqaror siyosat yuritilishi qiyin".

Oliy iqtisodiyot maktabining jahon iqtisodiyoti va siyosati fakulteti dekanining oʻrinbosari Andrey Suzdaltsev ham bu fikrga qoʻshiladi. "Xolisona olib qaraganda Oʻzbekistonning hududdagi taʼsiri yuqori", — deydi u. Shu sababli Oʻzbekistondagi har qanday voqea qoʻshni mamlakatlarga ham taʼsir qiladi.

Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishning yuqoriligini ushbu davlat qator tahdidlar, jumladan diniy ekstremizmning Osiyodan Rossiyaga kirib kelishining oldini oluvchi asosiy toʻsiqlardan biri ekanligi bilan izohlash mumkin. Haqiqatan ham Oʻzbekiston hukumati Oʻzbekiston islom harakati va “Hizb ut tahrir” guruhiga qarshi keskin kurashishi bilan tanilgan.

Mamlakat ichida hukumat ekstremizm tahdidini yoʻqqa chiqargan. Lekin Toshkent tashqaridan boʻladigan xavflarga qarshi tura oladimi? Ekspertlar bu savolga ha, deb javob berishdi.

"Oʻzbekiston kuch tuzilmalari hududda eng yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlikka ega deb hisoblanadi", — dedi Grozin.

"Bu davlat sobiq ittifoq davridan qolgan katta harbiy salohiyatga ega", — deydi Suzdaltsev.

Bundan tashqari bu yerda armiya Turkiyadagi kabi siyosiy kuch emas va hokimiyatga boʻysunadi.

Oʻzbekiston nima uchun hududda iqtisodiy jihatdan yetakchi boʻla olmadi va bu rolni Qozogʻistonga berib qoʻydi?

Suzdaltsevning fikricha, "Qozogʻiston hamisha Rossiyaga, rus bozoriga, tranzit imkoniyatlariga tayanib kelgan. Oʻzbekistonda esa nomutanosiblik mavjud: ayrim hududlar qoloq, ayrimlari oʻta rivojlangan. SSSR tarqalganidan keyin munosabatlarning uzilishi oqibatlari Oʻzbekiston uchun kuchli boʻlgan".

Grozin esa ayrim sohalarda Qozogʻistonni yagona yetakchi deyish notoʻgʻri boʻlishini taʼkidlaydi.

"Qozogʻiston iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha hududda yetakchi hisoblanadi, lekin hozirgi iqtisodiy inqiroz unga kuchli taʼsir qildi. Oʻzbekiston armiyasi qudrati, ichki iqtisodiyotining barqarorligi, demografik jihatdan Qozogʻistondan qolishmaydi. Oʻzbekiston hududdagi ikki yetakchidan biri, Qozogʻiston — asosan iqtisodiy yetakchi,Oʻzbekiston — geosiyosiy,  demografik", — deydi Grozin.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala