Dunyoda

Notoʻgʻri tushunishdi: Filippin prezidenti Obamani haqoratlagani uchun tavba qildi

© AFP 2022 / ROSLAN RAHMANFilippin prezidenti Rodrigo Duterte
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte oʻzining Amerikalik hamkasbini "itvachcha" deb haqoratladi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Xabarda aytilishicha, Duerte Obamaning G20 sammiti doirasida Filippindagi jinoyatchilikka qarshi kurash davomida 2 ming kishining oʻldirilishi mavzusini koʻtarmoqchiligini eshitgach, AQSH yetakchisini yuqorida yozilgan soʻz bilan haqoratlagan.

AQSH prezidenti Barak Obama oʻz shaʼniga aytilgan haqoratdan soʻng filippinlik hamkasbi bilan uchrashuvni bekor qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQSH va Filippin prezidentlari Laosda oʻtkaziladigan ASEAN sammitida uchrashishlari rejalashtirilgan edi.

"Filippin prezidenti Obama bilan urushib qolgach, kutilmaganda ortga chekindi va Obama shaʼniga aytgan gapi uchun afsusdaligini maʼlum qildi", deya xabar tarqatmoqda yana Frans Press.

"Matbuot tomonidan berilgan maʼlum savollarga men tomondan qattiq javoblar aytilgani va bu maʼlum havotirlarni yuzaga keltirib chiqargani singari… biz tomondan berilgan izohlar shaxsan AQSH prezidentiga hujumdek qabul qilinganidan ham afsusdamiz", — deb taʼkidlagan Duerte.

Rodrigo Roa Duerte may oyida oʻtgan saylov natijalariga koʻra Filippin prezidenti etib saylangan edi. Duterte hokimiyat tepasiga kelishi bilan mamlakatda "tozalash" ishlari avj oldi. Prezident birinchi boʻlib giyohvand moddalarni tarqatuvchilarga qarshi "urush" ochdi. Narkotik moddalar oldi-sotdisida gumon qilingan 2 mingga yaqin kishi bir necha oy ichida sud va tergovsiz oʻldirilb yuborilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0