Siyosat

Abdulaziz Kamilov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaOʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va IHT Bosh kotibi Iyad bin Amin Madani
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va IHT Bosh kotibi Iyad bin Amin Madani - Sputnik Oʻzbekiston
Suhbat chogʻida Toshkent shahrida Oʻzbekiston raisligida boʻlib oʻtadigan IHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. 2016-yilning 9-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad bin Amin Madanini qabul qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Iyad bin Amin Madani - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Toshkentga keladi
"TIV rahbari, mehmonni kutib olar ekan, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning vafoti munosabati bilan bildirilgan taʼziya va dalda soʻzlari uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Suhbat chogʻida Toshkent shahrida Oʻzbekiston raisligida boʻlib oʻtadigan IHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrishning amaliy masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Xabarda aytilishicha, TIVK majlisini muvaffaqiyatli oʻtkazilishidan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani taʼkidlangan. Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan taklif qilingan "Taʼlim va maʼrifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yoʻl" deb nomlangan raislik shiorining dolzarbligi va ahamiyatliligi sababli 43-sessiya va uning yakunlari IHT tarixida qolishi taʼkidlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala