Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon-bayram bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmonlarni Qurbon-bayram bilan tabriklab, ularga dinlar aro muloqotga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmonlarni Qurbon-bayram bilan tabriklab, dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasi uchun ularga minnatdorchilik bildirdi, deyilgan Kreml matbuot xizmati xabarida.

“Musulmonlar jamoasi mamlakat hayotida faol ishtirok etmoqda, yoshlar tarbiyasi va dinlararo muloqotni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. Albatta, ushbu faoliyat jamiyatda tinchlik va fuqarolar hamjihatligini uchun juda muhim”, — deyilgan tabrik telegrammasida.

 

O‘z tabrigida Vladimir Putin ushbu Bayram asrlar davomida musulmon jamiyatida uchun ahamiyatga ega rol o‘ynaganini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, Qurbon-bayram odamlarni yaqinlashtirishga xizmat qilayotganini, yoshlarga Islom dinining avloddan-avlodga o‘tib borayotgan qadriyatlarini, tarix, an’ana va avlodlar vasiyatini yetkizayotganini alohida aytib o‘tdi.

“Shuni mumnunlik bilan aytamanki, Rossiya musulmonlari avlodlar vasiyatini hurmat qilib, Qurbon-Bayramini keng nishonlayotibdi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Qurbon-bayram (yoki Qurbon hayit, Id-al-Adha) – musulmonlarning eng ulug‘ bayrami hisoblanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0