Analitika

Sputnik oʻquvchilari Islom Karimov nomi qayerlarga berilishi kerakligini taklif qildilar

© Novosti UzbekistanaIslom Karimov xotirasiga bagʻishlangan koʻrgazma
Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan koʻrgazma - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻrovda ishtirok etganlarning aksariyati faqatgina bir joy bilan chegaralanib qolmasdan, birinchi Prezident nomini bir nechta joylarda abadiylashtirish kerak, deb hisoblashmoqda.

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekistonning rus tilidagi xizmati oʻtkazgan soʻrovda ishtirok etganlarning aksariyati respublikadagi aeroport Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti nomi bilan atalishi kerak degan fikrni bildirdi.

Hukumat qaroriga koʻra, Oliy Majlisning yuqori va quyi palatalari aʼzolaridan tashkil topgan maxsus komissiya, 2 sentyabrdan boshlab bir oy davomida Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston birinchi Prezidenti nomini abadiylashtirish boʻyicha takliflar kiritishi kerak. Ushbu takliflar aholi, tashkilot va muassasalar, taʼlim maskanlari va keng jamoatchilik fikrini hisobga olishi shart.

Soʻrovda qatnashganlarning uchdan bir qismidan koʻprogʻi (36,2%) Islom Karimov nomini "Toshkent" yoki "Samarqand" xalqaro aeportiga berishni taklif qildi. Dunyoda bunga misollar koʻp, masalan Istanbuldagi aeroport Otaturk nomi bilan, AQShdagi yirik aeroport esa Kennedi nomi bilan ataladi.

Islom Karimov bilan xayrlashuv marosimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Karimov nomi bilan qaysi joylarni atashni Oʻzbekiston xalqi hal qiladi

Sputnikning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi aksariyat mushtariylari ham ushbu fikrni qoʻllab-quvvatlashdi.

Soʻrovda ishtirok etganlarning 30,2 foizi maydon, shohkoʻcha yoki koʻchani Karimov nomi berilishini taklif qildi.

Universitet va shaharga Islom Karimov nomini berishni taklif qilganlar mos ravishda 14,6 foizdan boʻldi.

Nihoyat soʻralganlarning 4,5 foizi Oʻzbekistonda Islom Karimov nomli bogʻ tashkil etishni taklif qildi.

Facebook foydalanuvchilari shuningdek metro stantsiyasi, sport inshooti, tennis musobaqasi, xayriya jamgʻarmasi, tumanga Islom Abdugʻaniyevich nomini berishni taklif qilishdi. Islom Karimov xotirasiga bagʻishlab muzey tashkil etish va haykalini oʻrnatish ham taklif etildi.

Soʻrovda ishtirok etganlarning koʻpchiligi faqatgina bir joy bilan chegaralanib qolmasdan, birinchi Prezident nomini bir nechta joylarda abadiylashtirish kerak, deb hisoblashmoqda.

Ayniqsa, bu holat Sputnik Oʻzbekistonning oʻzbek tilidagi xizmati oʻtkazgan soʻrovda yaqqol koʻzga tashlandi. Islom Karimov nomi qanday joylarga berilishi kerakligi borasidagi soʻrovda ishtirok etganlarning 6,5 foizi (20) maydon yoki koʻcha, 17,2 foizi (53) aeroport, 6,2 foizi (19) maktab yoki oliy taʼlim maskani, 6,8 foizi (21) shahar variantini tanlagan boʻlsa, ishtirokchilarning 63,3 foizi (195) shularning hammasiga deb javob berdi.

"Nafaqat aeroportni, balki metro stantsiyasi, maydonni u kishining nomi bilan atash kerak. Islom Karimov nomli orden taʼsis etish kerak, kelajakda milliy valyutamizda u kishining tasviri ifodalanishi lozim… koʻpchilik bunga eʼtiroz bildirishi mumkin… bu inson bundan million marta ortigʻiga loyiq… u abadiy qahramon va buni yodda tutishimiz shart… masalan Turkiyada deyarli hamma joy Otaturk nomiga qoʻyilgan”, deb yozadi Facebook foydalanuvchisi Davron Hidoyatov.

Sankt-Peterburgdagi Dudergof kanali - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sankt-Peterburgda Islom Karimov nomli koʻprik paydo boʻlishi mumkin

"Aeroport yaxshi gʻoya, haykal oʻrnatish ham shart! Va muzey ham kerak! Farzandlarimizni buyuk Bobomizga bagʻishlangan muzeyga olib borishimiz va bolalarimiz hamda nabiralarimiz Uning xotirasini yodda tutishlari uchun! Shuningdek barcha viloyatlardagi maydon va koʻchalarga u kishining nomi berilishi kerak!",- deydi Leyla Alimova.

Islom Karimov nomini biror joyga berishga qarshi chiqqanlar ham topildi, ular Prezident hayotlik davrida oʻz shaxsini ulugʻlashtirishga ruxsat bermaganligini yodga olishdi.

Biroq oʻzbekistonliklarning mutlaq koʻpchiligining ishonchi komil: mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan birinchi Prezidentning xotirasi abadiylashtirilishi va avloddan-avlodga yetkazilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala