Hodisalar

MXX chegara qoʻshinlari iyulda 129 chegarabuzarni qoʻlga oldi

© Sputnik / Yegor YeremoChegarachilar xizmatda
Chegarachilar xizmatda - Sputnik Oʻzbekiston
Aksariyat chegara buzishlar Qirgʻiziston tomondan roʻy bergan. Chegarachilar buni kontrabandachilarning faollashishi va qoʻshni tomondan chegara himoyasi zaif ekanligi bilan izohlashmoqda.

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari iyul oyi davomida 129 nafar chegara buzuvchini qoʻlga oldilar, deb xabar berdi milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash boʻyicha qoʻmita vakili Sputnik muxbiriga.

Chegarachilar shuningdek umumiy qiymati 489,5 million soʻmlik turli tovar-moddiy boyliklarning kontrabandasiga chek qoʻydilar.

"Chegara buzish holatlarining aksariyat qismi oʻzbek-qirgʻiz chegarasiga toʻgʻri keladi – barcha qonunbuzarliklarning 98 foizga yaqini. Xususan ushbu yoʻnalishda qoʻlga olingan qoidabuzarlar soni 122 kishini tashkil etadi. 75ta holatda 488 million soʻmlikdan ortiq tovar-moddiy boyliklar qoʻlga olingan", — dedi manba.

Qirgʻiziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov va Oʻzbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston va Oʻzbekiston bosh vazirlari chegara masalalarini muhokama qildilar

Bundan tashqari Oʻzbekiston MXX chegara qoʻshinlari tomonidan chegarabuzarlarning qonuniy talablarga boʻysunmaganligi sababli qurol ishlatilishi yuz bergan 12 ta holat ham aynan Qirgʻiziston bilan chegarada sodir boʻlgan.

Suhbatdoshning aytishicha, oʻzbek-qirgʻiz chegarasida qonun buzilish holatlarining koʻpayishiga qirgʻiz kontrabandachilarining turli xalq isteʼmoli mollarini Oʻzbekistonga noqonuniy olib kirishga urinishlari va qoʻshni tomondan chegaralarni qoʻriqlash tizimi samarasizligi sabab boʻlmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala