Bugun BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi boshlanadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBMT binosi
BMT binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash borasida Yaqin Sharqdagi vaziyat, Falastin muammosi, Afg‘oniston, Kipr, Kongoda masalalari muhokama qilinadi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Bugun BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi – har yili 193ta davlat yetakchilarini jamlaydigan yig‘ilishi boshlanadi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Yil davomida muhokama qilish uchun BMT e’tiboriga 170ta masala havola etiladi. Ular orasida Afrika mamlakatlari taraqqiyoti, insonparvarlik yordami ko‘rsatishni kuchaytirish, xalqaro huquq va odil sudlov masalalari bor.

Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash borasida Yaqin Sharqdagi vaziyat, Falastin muammosi, Afg‘oniston, Kipr, Kongoda masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek giyohvand moddalar nazorati, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, tinchlikparvarlik operatsiyalarini moliyalash bo‘yicha ish olib boriladi. Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri qurolsizlanishdir.

BMT Bosh kotibini saylash kampaniyasi Bosh Assambleyaning 70-sessiyasida boshlangandi.

Hozirda saylov poygalarida Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Slovakiya TIV rahbari Miroslav Laychak, uchinchi o‘rinda Serbiya TIV sobiq rahbari Vuk Yeremich bormoqda.

2007 yil 1-yanvardan buyon BMT Bosh kotibi vazifasini bajarayotgan Pan Gi Mun shu yilning 31-dekabrida lavozimini tark etadi.

Yangiliklar lentasi
0