Siyosat

Rossiya mudofaa vaziri Pentagonning aybloviga javob qaytardi

© Sputnik / Vadim Savitskiy / Fotobankka oʻtishMudofaa vaziri Sergey Shoygu
Mudofaa vaziri Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston
Shoyguning aytishicha, har safar “amerikaliklar Iroq, Afgʻoniston, Liviya, boshqa mamlakatlarda pand yesalar ham bundan hech qanday xulosa chiqarmaydilar".

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Dunyodagi tartibni saqlash birgina Pentagonning emas, balki barcha davlatlarning tabiiy burchi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Pentagon rahbari Eshton Karterning aybloviga javoban, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Va amerikalik hamkasblarimiz buni qanchalik tez anglab yetsalar va oʻzgarishni boshlasalar, toʻplanib qolgan turli kelishmovchiliklar shunchalik tez barham topadi. Boʻlib ham faqatgina Suriya masalasigina emas, boshqalari ham", — qoʻshib qoʻydi u.

Shoygu jahondagi tartibni amerkacha tartib bilan adashtirmaslikni soʻrarkan, Rossiya har doim adolatli va koʻp qutbli dunyoni saqlab qolish uchun harakat qilishini taʼkidladi.

Mudofaa vaziri “aynan AQSH gʻarblik hamkorlari bilan Bosniya va Kosovodan boshlab Iroq va Liviyaga qadar amaldagi dunyo tartibi asoslarini sobitqadamlik bilan yemirib borganini” eslatdi.

Shoyguning aytishicha, har safar “amerikaliklar Iroq, Afgʻoniston, Liviya, boshqa mamlakatlarda pand yesalar ham bundan hech qanday xulosa chiqarmaydilar".

Uning fikricha, Qoʻshma Shtatlar “oʻzini oqlash uchun hamma aybni mustaqil qarashlariga ega Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarga agʻdarish oʻrniga” harakatlar strategiyasini oʻzgartirishi lozim.

Ilgariroq Karter Oksford universitetida chiqish qilar ekan, Rossiya dunyo tartibi asoslarini qoʻporib tashlashga urinayotganligini aytgandi. U AQSH Rossiyani dushman sifatida koʻrmasligini, lekin “ittifoqchilari, dunyodagi tartib va u beradigan yorqin kelajakni” himoya qilishini qoʻshib qoʻygandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala