UYeFAga yangi prezident saylandi

© FABRICE COFFRINI / AFPUYeFA Shtab-kvartirasi
UYeFA Shtab-kvartirasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UYeFA rahbarligi lavozimiga sloveniyalikdan tashqari Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi rahbari Mixael van Prag ham da’vogarlik qilgandi.

 

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) Kongressida yangi prezident etib Sloveniya futbol assotsiatsiyasi rahbari Aleksander Cheferin saylandi, deb xabar beradi RIA Novosti "R-Sport" agentligiga asoslanib.

UYeFA rahbarligi lavozimiga sloveniyalikdan tashqari Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi rahbari Mixael van Prag ham da’vogarlik qilgandi.

Ovoz berish vaqtida Cheferin 42ta ovoz oldi, niderlandiyalik nomzod uchun 13ta ovoz berildi.

UYeFAning ilgarigi prezidenti Mishel Platini o‘tgan yilning oktabrida lavozimidan chetlatilgandi. Dekabrda FIFA axloq qo‘mitasi arbitraj palatasi uni sakkiz yilga futboldan chetlashtirgan, keyinroq bu muddat ikki baravarga qisqartirilgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0