MDH sammitida prezidentlar qayerda joylashtirilishi va qanday taom yeyishlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBishkek shahridagi "Ola-Archa" qarorgohi
Bishkek shahridagi Ola-Archa qarorgohi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
16 sentabr kuni MDH sammiti munosabati bilan Bishkekka Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari tashrif buyuradilar.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti ishlarini boshqaruvchi Turuspek Koyenaliyev jurnalistlarga MDH sammiti doirasida oliy darajali mehmonlar qayerda kutib olinishi va joylashtirilishini ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

MDH davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Sapar Isakov: MDH sammiti doirasida surpriz bo‘ladi
MDH sammiti 16-sentabr kuni Bishkek shahrida o‘tkaziladi. Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya vam Tojikiston prezidentlari unda ishtirok etishlarini tasdiqlaganlar. Shuningdek, sammitda O‘zbekiston tomondan TIV vaziri Abdulaziz Kamilov, Turkmaniston tomondan Vazirlar mahkamasi rahbari o‘rinbosari, Moldova tomondan — respublika Bosh vaziri, Ukraina tomondan esa — mamlakat elchisi ishtirok etadilar.

Koyenalivga ko‘ra, sammit arafasida "Ola-Archa" qarorgohida Qabullar uyi qurilgan. Bino qurilishi joriy yilning fevral oyida boshlangan bo‘lib, avgust oyida to‘liq bitkazilgan va topshirilgan. Inshoot tashqi tomondan qirg‘iz o‘toviga o‘xshab ketadi.

Ma’lum qilinishicha, Qabullar uyining umumiy maydoni 1,5 ming kvadrat metrni tashkil qilgan.

"Bu yerda to‘rtta zal mavjud. Binoning pastki qavatida — texnik xonalar: hojatxona, oshxona, boshqaruv markazi, yechinish xonasi va sakkiz kabinkadan iborat sinxron tarjima markazi joylashgan", — deya ta’kidlab o‘tdi prezident ishlari boshqaruvchisi.

U, shuningdek, davlat rahbarlari davlat qarorgohi hududidagi mehmon uylarida joylashtirilishini ma’lum qildi.

Koyenaliyevning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar tantanali qabuli uchun taomnoma ularning har biri xohish-istagiga qarab tuzilgan ekan. Menyudan spirtli ichimliklar va hatto pivo ham o‘rin olgani aytilmoqda.

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tish2007 yil 15-avgust. Nursulton Nazarboyev (Qozog‘iston), XXR Raisi Xu Szintao, Mo‘g‘uliston prezidenti Nambarin Enxbayar, Afg‘oniston prezidenti Xamid Karzay (chapdan o‘ngga) va Rossiya prezidenti Putin "Ola-Archa" qarorgohidagi uchrashuv vaqtida
2007 yil 15-avgust. Nursulton Nazarboyev (Qozog‘iston), XXR Raisi Xu Szintao, Mo‘g‘uliston prezidenti Nambarin Enxbayar, Afg‘oniston prezidenti Xamid Karzay (chapdan o‘ngga) va Rossiya prezidenti Putin Ola-Archa qarorgohidagi uchrashuv vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
2007 yil 15-avgust. Nursulton Nazarboyev (Qozog‘iston), XXR Raisi Xu Szintao, Mo‘g‘uliston prezidenti Nambarin Enxbayar, Afg‘oniston prezidenti Xamid Karzay (chapdan o‘ngga) va Rossiya prezidenti Putin "Ola-Archa" qarorgohidagi uchrashuv vaqtida
Yangiliklar lentasi
0