Britaniyaning Saudiyadagi elchisi islom dinini qabul qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMakkadagi ziyoratchilar
Makkadagi ziyoratchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kollizning aytishicha, u musulmonlar orasida 30-yil yashaganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saymon Kolliz islom dinini qabul qilgan va haj amalini bajargan ilk yuqori martabali britan diplomati bo‘ldi, deb xabar beradi RIA Novosti Daily Mail gazetasiga asoslanib.

Kollizning aytishicha, u musulmonlar orasida 30-yil yashaganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan.

Qirol Saud universiteti xodimi Foziya Albakr o‘zining Twitterdagi sahifasida britaniyalik elchining turmush o‘rtog‘i bilan birga haj amalini ado etayotgani suratini joylashtirdi.

"Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi islom dinini qabul qilganidan so‘ng haj amalini bajarmoqda: Saymon Kolliz rafiqasi Xuda bilan Makkada", — deyiladi suratga yozilgan izohda.

Kollizning aytishicha, u ushbu dinni "Xudaga uylanishidan oldin qabul qilgan".

Kolliz deyarli 30-yildan buyon Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi dipmissiyasi xodimi hisoblanadi. U ilgari Buyuk Britaniyaning Suriya, Iroq va Qatardagi elchisi bo‘lgan, BAA, Yaman va Tunisda yuqori diplomatik lavozimlarda ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0