Putin MDH sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka yetib keldi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH sammiti kun tartibidan Hamdo‘stlik hududida iqtisodiy, huquqiy va madaniy-ijtimoiy sohalarda keng miqyosli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar o‘rin olgan.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. RIA Novostining xabar qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Bishkekka yetib keldi, ertaga qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev bilan ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi va Qirg‘iziston rahbari tavalludining 60-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashadi.

MDH sammiti kun tartibidan Hamdo‘stlik hududida iqtisodiy, huquqiy va madaniy-ijtimoiy sohalarda keng miqyosli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar o‘rin olgan. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash va MDHning zamonaviy voqelikka moslashishiga oid bir qator bayonotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Prezident yordamchisi xabar qilganidek, Putin MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisida Moskvaning 2017-yilda Hamdo‘stlikka raislik qilish tamoyillarini va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni taqdim etadi. Rossiya va Qirg‘iziston yetakchilarining o‘zaro yuzma-yuz uchrashuvida esa savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasi hamda Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zoligi muhokama qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0