MDH rahbarlari O‘zbekiston xalqini hamjihatlikka chaqirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishMDH rahbarlari sammiti
MDH rahbarlari sammiti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev taklifiga ko‘ra O‘zbekiston xalqiga hamjihatlikka chaqiriuvchi murojaatnoma yuborishga qaror qilindi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston xalqini, yangi prezident saylovi tinch o‘tishi uchun hamjihatlikka chaqirdi.

“Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev taklifiga binoan, qardosh O‘zbekiston xalqiga,  saylovlarni tinch vaziyatda o‘tkazib, mamlakat Islom Abdug‘aniyevch boshlagan barqarorlik yo‘lida borishida davom etishi uchun, hamjihatlikka chorlovchi murojaatnoma yo‘llashga qaror qilindi”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti MDH kengaytiriligan kengashi majlisi ochilishida.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvi etib Shavkat Mirziyoyev tayinlandi. O‘zbekistonda yangi prezident saylovi 4-dekabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0