O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlarda ishtirok etadigan barcha nomzodlar ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Shavkat Mirziyoyevdan tashqari Narimon Umarov, Sarvar Otamurodov hamda Hotamjon Ketmonovlar nomzodlari ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. 2016-yilning 4-dekabr sanasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovda ishtirok etadigan nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra:

1. O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan — Shavkat Mirziyoyev;

2. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan – Hotamjon Ketmonov;

3. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan – Narimon Umarov;

4. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan  — Sarvar Otamurodov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surgan.

Eslatib o‘tamiz: bundan avvalroq “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qabul qilgan edi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qilgan.

Yangiliklar lentasi
0