Sakkiz nafar o‘zbekistonlik "ID"ga aloqadorligi uchun qo‘lga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishHibsga olish jarayoni
Hibsga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchilarning 6 nafari Rossiya hududida ekstremizmni targ‘ib qilgan bo‘lsa, yana ikki nafari (er-xotin) Ukraina hududida "ID" jangarilari tomonidan "qo‘lga olingan".

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ekstremizmni targ‘ib qilganliklari hamda Suriyada jangovor harakatlarda ishtirok etganlari uchun mamlakatning 8 nafar fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi Sputnik nashriga kuch tuzilmalaridagi manba.

Ular orasida Otabek Otajonov, Soxiba Otajonova, Ayshe Sapayeva (hammasi shovot tumanidan), Munisa Sharipova, Ma’rufa Sapayeva, Jamoladdin Ollayorov va uning rafiqasi Nasiba Rajabova (Xonqa tumani), Mansurbek Niyozmetov (Xiva tumanidan).

"Shulardan olti nafari Rossiya hududida migrant-ishchi sifatida ekstremizmni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Faqatgina J.Ollayorov va uning rafiqasi"ID" jangarilari tomonidan Ukrainada "qo‘lga olingan". Va shundan so‘ng jihodchilar tomonda jangovor harakatlarda ishtirok etish uchun Turkiya orqali  Suriyaga kirib borgan", — deya ta’kidladi manba.

Yuqoridagi shaxslarning barchasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 2442 moddasi (diniy ekstremizm, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa ta’qiqlangan uyushmalarda ishtirok etish, ularni yaratish yoki ularga rahbarlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topildi.

Bundan tashqari, ular chet elga noqonuniy chiqish va belgilangan tartibni buzgan holda bir guruh kishilar bilan til biriktirib, moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron bir shaxsiy manfaatni ko‘zlab… to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlardan qatnashish uchun yollanish ayblovlari qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0