Paralimpiadachilar Toshkent shahrida tantanali ravishda kutib olindi

© Novosti UzbekistanaToshkentda paralimpiadachilarni kutib olish marosimi o‘tkazildi
Toshkentda paralimpiadachilarni kutib olish marosimi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 21-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Chorshanba kuni O‘zbekiston paralimpiyachilari terma jamoasi joy olgan samolyot tonggi soat 06.15da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.

Paralimpiya terma jamoamiz ham xuddi Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarimiz singari katta tantana bilan kutib olindi.

© Novosti UzbekistanaToshkentda paralimpiadachilar kutib olindi
Toshkentda paralimpiadachilar kutib olindi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda paralimpiadachilar kutib olindi

Tarixiy natija: to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida 5ta sport turida 32 nafar sportchi bilan ishtirok etgan paralimpiyachilarimiz musobaqada jami 31ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shulardan 8tasi oltin, 6tasi kumush hamda 17ta bronza medallaridir.

© Novosti UzbekistanaToshkentda paralimpiadachilar kutib olindi
Toshkentda paralimpiadachilar kutib olindi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda paralimpiadachilar kutib olindi

Tantanali marosimda Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov so‘zga chiqdi, shuningdek, marosimga san’at olami vakillari, Milliy olimpiya qo‘mita hamda Paralimpiya uyushmasi a’zolari tashrif buyurdilar.

© Novosti UzbekistanaToshkentda paralimpiadachilar kutib olindi
Toshkentda paralimpiadachilar kutib olindi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda paralimpiadachilar kutib olindi

Marosim so‘nggida paralimpiadachilarning o‘zlariga so‘z berildi. So‘zga chiqqan sportchilar o‘z g‘alabalarini ota-onalari, vatani, xalqi va Birinchi prezidentlari Islom Karimovga bag‘ishlaganlarini aytib o‘tdilar.

© Novosti UzbekistanaToshkentda paralimpiadachilar kutib olindi
Toshkentda paralimpiadachilar kutib olindi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda paralimpiadachilar kutib olindi

Marosimda Rioda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilar ham hozir bo‘lishdi. Ular orasida Ruslan Nuriddinov, bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov, Rustam To‘laganov, kurashchi Ixtiyor Navro‘zov va boshqa chempion va sovrindorlarni ko‘rish mumkin edi.

Yangiliklar lentasi
0