ShHT hududida talabalarning energetik biznes-inkubatori tashkil etiladi

© RSM Press-slujbaShHT davlatlari yosh liderlari forumida Xalqaro yoshlar axborot agentligi taqdimoti o‘tkazildi
ShHT davlatlari yosh liderlari forumida Xalqaro yoshlar axborot agentligi taqdimoti o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT talabalar energetik biznes-inkubatorining tashkil etilishi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari yoshlarining xalqaro hamkorligiga asoslangan muvaffaqiyatli biznes yuritish hamda energetika sohasida istiqbolli innovatsion loyihalarni yuzaga chiqarish imkonini beradi.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. ShHT davlatlari yosh liderlari Forumi delegatlari ShHT talabalar energetik biznes-inkubatorini yo‘lga qo‘yish hamda Omskda Rossiya-Xitoy talabalar biznes-inkubatori ochish g‘oyasini ma’qulladilar.

ShHT yosh liderlari Forumining “Yosh tadbirkorlar tashabbusi: yaratish, rivojlanish, hamkorlik” bo‘limi ishtirokchilari ShHT hududida yoshlarning xalqaro biznes-inkubatorlari tarmog‘ini yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Muhokama jarayonida Omsk, Tojikiston, Hindiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) emblemasi - Sputnik O‘zbekiston
ShHT davlatlari yosh liderlari turli sohalarda hamkorlikni mustahkamlaydilar

ShHT talabalar energetik biznes-inkubatorining tashkil etilishi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari yoshlarining xalqaro hamkorligiga asoslangan muvaffaqiyatli biznes yuritish hamda energetika sohasida istiqbolli innovatsion loyihalarni yuzaga chiqarish imkonini beradi.

ShHT talabalar energetik biznes-inkubatori yoshlarga biznes boshlashning samarali uslublarini o‘rganish, innovatsion va tadbirkorlik faoliyatida yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish, maxsus malaka oshirish dasturlari orqali o‘z intellektual darajasi va dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.

ShHT talabalar energetik biznes-inkubatoriga ko‘p bosqichli tanlov asosida sinovlardan o‘tgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ShHT davlatlari vakillari qabul qilinadi.

ShHT talabalar energetik biznes-inkubatorida Moskva energetika instituti professor-o‘qituvchilari, tadbirkorlar va investitsion kompaniyalar vakillari bilim berishadi.

Yangiliklar lentasi
0