Iqtisod

OAV: Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsish boʻyicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi

© Press-slujba UzbekengilsanoatOʻzbek-koreys toʻqimachilik texnoparki
Oʻzbek-koreys toʻqimachilik texnoparki - Sputnik Oʻzbekiston
Boltiqboʻyida chop etiladigan "Otkritiy gorod" jurnali Oʻzbekistonning mustaqillikning 25 yili davomida erishgan muvaffaqiyatlari haqida hikoya qildi. Respublika iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan beshta davlat orasidan joy olgan.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Latviyaning "Otkritiy gorod" jurnalida Oʻzbekistonning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy muvaffaqiyatlari haqida hikoya qilindi, deb xabar beradi  "Jahon" AA.

Butunjahon iqtisodiy forumi reytingiga koʻra, Oʻzbekiston 2014-2015 yil natijalari va 2016-2017 yillar oʻsish prognozi boʻyicha iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan beshta davlat orasidan joy olgan.

"Butunjahon bankining dokladida aytilishicha, Oʻzbekiston keyingi yillarda ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilagan davlatlar roʻyxatining yuqori oʻntaligidan joy oldi. Bu muvaffaqiyatlar mamlakat mustaqillikning 25 yili davomida nimalarga erishganining yaqqol isbotidir", — deb yozadi nashr.

Jizzax maxsus industrial zonasi. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
“Jizzax” maxsus industrial zonasida uchta yangi korxona ochildi

Maqolada shu bilan birgalikda Oʻzbekistonning investitsion salohiyati, respublikada biznes yuritish uchun yaratilgan qulayliklar haqida soʻz boradi. Xususan, investitsiya kiritish ustunliklari, respublikada faoliyat koʻrsatayotgan ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari jalb etilgan maxsus industrial zonalar haqidagi maʼlumotlar sanab oʻtiladi.

"Xorijiy investorlar uchun yengil sanoat ulkan mayoq boʻldi. Bu yerda eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan koʻplab yangi korxonalar tashkil etildi. Sohaga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi mustaqillik yillarida 2,5 milliard dollardan oshib ketdi", — deyiladi maqolada.

Maqolada shuningdek mamlakatning taʼlim, bank sohasi, qishloq xoʻjaligi, tashqi iqtisodiy hamkorlik borasidagi yutuqlari ham yoritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala