ShHT O‘zbekistondagi prezidentlik sayloviga kuzatuvchilarini yuboradi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishShanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakat bayroqlari
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakat bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. 2016-yilning 20-23 sentabr kunlari Pekin shahrida o‘tkazilgan majlisda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi hamda Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Majlisda, shuningdek, 2016-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ShHT kuzatuvchilari missiyasi ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0