O‘zbek maxsus xizmatlari afunfurushni qo‘lga tushirishdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishGiyohvand modda
Giyohvand modda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda narkokuryerga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida uning jinoiy guruhlar bilan aloqalari aniqlanmoqda.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston xavfsizlik xizmati xodimlari keyingi vaqtda giyohvand moddalar tarqatish bilan shug‘ullanuvchi guruhlarning faolligi kuchaygan o‘zbek-afg‘on chegarasini qo‘riqlashni kuchaytirish bo‘yicha choralar majmuasini amalga oshirishmoqda, deb xabar berdi kuch tuzilmalaridagi manba Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Kuch tuzilmalarining ma’lumotiga qaraganda, Afg‘onistonning qator viloyatlarida, jumladan Balx va Juzjon viloyatlarida O‘zbekiston hududi orqali Rossiya va Yevropaga giyohvand moddalar olib o‘tishga muntazam ravishda urinayotgan jinoiy sindikatlar o‘rnashib olgan.

"O‘zbek qurolli kuchlari tomonidan giyohvandlik vositalarining olib o‘tilishiga qarshi kurash yildan-yilga kuchayayotganligiga qaramasdan, Afg‘onistondagi giyohvandlik sindikatlari rahbarlarining O‘zbekiston hududiga giyohvand moddalarni o‘tkazish uchun sodda fuqarolardan foydalanishga urinishlari borgan sari oshmoqda", — deydi manba.

Andijonda 20 kg giyohvand modda yashirilgan omborxona topildi

Shu kunlarda Surxondaryo viloyati MMX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi xodimlari afg‘onistonlik yana bir narkokuryerni qo‘lga oldilar. Tezkor tadbir chog‘ida davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tishga uringan Afg‘oniston fuqarosi – Balx viloyati Sho‘rtepa tumanidagi Sadrobod aholi maskanida yashovchi 22 yoshli Habibulo Xo‘janazar o‘g‘li ushlandi.

U qo‘lbola suzish moslamasi yordamida Amudaryo orqali chegarani kesib o‘tishga uringan. Qonunbuzarning yonidagi sun’iy materialdan tayyorlangan xaltadan ekspertiza yordamida aniqlangan 5 kilo 920 gramm afun chiqdi.

Hozirda narkokuryerga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida uning jinoiy guruhlar bilan aloqalari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0