Shimoliy Kavkazda “Buyuk ipak yo‘li” turistik yo‘nalishi ochildi

© Sputnik / Maks Alpert / Mediabankka o‘tishShimoliy Osetiya Xakuna minorasi
Shimoliy Osetiya Xakuna minorasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sayyohlarning birinchi guruhi tarkibiga XXR elchixonasi va Hainan Airlines kompaniyasi vakillari, Rossiya va Xitoy jurnalistlari hamda turoperatorlari kirdi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Yangi yo‘nalishining nomi “Buyuk ipak yo‘li” bo‘lib, unda sayyohlar 7 kun davomida Rossiyaning Kavkaz hududining jug‘rofiy va madaniy boyliklari hamda Kavkaz tamlari bilan tanishadi, deb xabar qilmoqda Shimoliy Kavkaz ishlari vazirligi.

Yangi sayyohlik yo‘nalishi nafaqat rossiyalik turistlar, balkim xitoylik turoperatorlarni ham qiziqtirishi kerak. Sayyohlarning birinchi guruhi tarkibiga XXR elchixonasi va Hainan Airlines kompaniyasi vakillari, Rossiya va Xitoy jurnalistlari hamda turoperatorlari kirdi.

“Yangi tur Rossiya va Xitoy turoperatorlarida allaqachon katta qiziqish uyg‘otdi. Aynan ular birinchi bo‘lib sayohatga chiqishadi va infotur dasturi bilan tanishadi”, — dedi muassasa vakili.

Uning so‘zlariga qaraganda, sayohat davomida mehmonlar Rossiyaning eng qadimgi shaharlaridan bir bo‘lgan Derbentda bo‘lshadi. Sayohatchilar Derbentda Narin-kala qal’asini, Grozniyda “Checheniston yuragi” masjidini, Shimoliy Osetiyada qadimgi monastirlarni,  Ingushetiyada esa o‘rta asr minoralarini tomsha qilishadi. Keyin ular arqonli yo‘l orqali  Elbrusga ko‘tarilishadi va Kavminvodning kurort shaharlarida hamda Karachayevo-Cherkessiyaning Medoviy sharsharalarida bo‘lishadi.

Avtobusli sayohat 1-oktabrda yakunlanadi. Infotur natijasida Shimoliy Kavkaz Federal okrugi subyektlari hamda Rossiya va Xitoy turoperatorlari orasida bir necha shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0