Gruziya O‘zbekistonni mandarinlar bilan ta’minlamoqchi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSitrus mevalar ulgurji savdo bazasi
Sitrus mevalar ulgurji savdo bazasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gruziya mandarinlari O‘zbekistonda paydo bo‘lish-bo‘lmasligi, o‘zbek savdo kompaniyalari ishbilarmonligiga bog‘liqligi ta’kidlanmoqda

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. 28-sentabr kuni Toshkentda Gruziyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Jgenti ko‘magida tashkil etilgan matbuot-anjuman o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "kun.uz" nashri.

Ajar avtonom respublikasining qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Ruslan Koridze va vazirlikning axborot maslahat departamenti rahbari Karlo Keklidzedan iborat Gruziya delegatsiyasi Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Elchi sitrus mevalar eksport imkoniyatlarini taqdim etish hamda o‘zbek tadbirkorlari bilan aloqa o‘rnatish maqsadida Ajar avtonom respublikasidan tashrif buyurgan ishbilarmonlarni barchaga tanishtirldi.

Qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Ruslan Koridzening ta’kidiga ko‘ra, Toshkentga kelgunlariga qadar, ular rasmiy safar bilan Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lishgan va u yerda muzokaralar o‘ta muvaffaqiyatli kechgan.

Konstantin Jgenti sitrus mevalar doimo Gruziyaning faxri bo‘lib kelganini ta’kidlab, so‘nggi yillar ichida yuqori sifatga hosilni yig‘ish, uni tashish va saqlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar qo‘shilganligini alohida qayd etdi.

Gruziya Rossiya va Ukrainaga sitrus mevalarni eksport qiladi, hozirda u bu yo‘nalishda yangi bozorlar va hamkorlarni izlamoqda.

Ruslan Koridzening so‘zlariga ko‘ra, taxminan 20-21 oktabrda O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Ajariyaga biznes-tur rejalashtirilmoqda. U Gruziyadagi taxminan 40 korxonaning O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytdi.

O‘zbekiston OAV va tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Gruziyadan sitrus mevalarni eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi, shuningdek zamonaviy Adjariya, uning mashhur markazi — Batumi taraqqiyoti, shu jumladan sayyohlik imkoniyatlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama hamkorlik rivojiga juda katta hissa qo‘shgan bo‘lar edi. Gruziya mahsulotlarining yanada keng eksportini tashkillashtirish charter aviareyslarni ham o‘rnatishga imkon berishi ta’kidlandi.

Gruziya delegatsiyasining uch kunlik tashrifi dasturiga muzokaralardan tashqari, O‘zbekiston bozorini o‘rganish va aholi ehtiyojlarini tahlil qilish maqsadida poytaxtidagi supermarketlar, do‘konlar va bozorlarni ko‘zdan kechirish ham kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0