Dunyoda

Emomali Rahmon 15 yil ichida Tojikistonni energiya "qamalidan" ozod qilmoqchi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka oʻtishTojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tojikiston hukumati keyingi 15 yilga moʻljallangan Respublikani rivojlantirish milliy strategiya dasturini qabul qildi. Dastur boʻyicha Tojikiston agrar davlatdan industrial-agrar mamlakatga aylantirilishi lozim

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon navbatdagi hukumat yigʻilishini oʻtkazdi, deb xabar bergan Tojikiston hukumati matbuot-xizmati. Sputnik Tojikiston xabari asosida.

Emomali Rahmon Rogʻun GESi qurilishini shaxsan nazorat qilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmon Rogʻun GESi qurilishini shaxsan nazorat qilmoqda
Xabarda aytilishicha, yigʻilishda Tojikiston Respublikasining keyingi 15 yilga (2030 yilga qadar) milliy strategik rivojlantirish dasturi qabul qilingan.

Emomali Rahmon oʻz chiqishi davomida keyingi 15 yil davomida xalq uchun munosib hayot tarzini yaratish rejalari haqida gapirgan. Emomaliga koʻra, respublikada keyingi 15 yil ichida inson salohiyatini rivojlantirish, iqtisodiy sektorda raqobatbardoshlikni kuchaytirish, Tojikistonni agrar mamlakatdan industrial-agrar davlatga aylantirish, shuningdek, mamlakat energetika quvvatini 3 karra oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2030 yilga qadar aholi savodxonligi va umr davomiyligini  oshirish, onalar va chaqaloqlar oʻlimini kamaytirish, hayot tarzini yaxshilash hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Tojikiston prezidenti mamlakat uchun uch asosiy strategik yoʻnalish belgilab olinganini maʼlum qilgan — bular Tojikistonni kommunikatsiya qamalidan chiqarish, energiya mustaqilligiga erishish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash.

Yangiliklar lentasi
0