Iqtisod

"Lukoyl" Oʻzbekiston neft-gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtish"Lukoyl" ishchilari
Lukoyl ishchilari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Lukoyl" koʻmagida Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida ikkita elektron oʻqitish xonalari ochildi

30 sen – Sputnik. "Lukoyl" OAJ va "Oʻzbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi (MXK) Oʻzbekiston neft-gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Hujjat Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida boʻlib oʻtayotgan xalqaro kompaniyalarda milliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga bagʻishlangan xalqaro anjuman doirasida imzolandi.

Lukoyl kompaniyasi belgisi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Lukoyl Qandim proyektiga Janubiy Koreya mablagʻini jalb qiladi

"Lukoyl" Oʻzbekistonda yuqori texnologik uskunalardan foydalaniladigan loyihalarni amalga oshirmoqda, shuning uchun respublika neft-gaz sanoati malakali kadrlar bilan taʼminlanishidan manfaatdormiz", — dedi "Lukoyl"ning tashkiliy rivojlanish va kasbiy boshqaruv boʻlimi boshligʻi Yuriy Pixtovnikov jurnalistlarga. Uning aytishicha, hujjat taʼlim-ishlab chiqarish yoʻnalishi boʻyicha kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlik tamoyillari va shartlarini belgilab beradi.

Pixtovnikov aprel oyida "Lukoyl" koʻmagida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi uchun xodimlar tayyorlanadigan Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida ikkita elektron oʻqitish xonalari ochilganini eslatib oʻtdi.

Rossiya kompaniyasining maʼlumotlariga koʻra, "Lukoyl Uzbekistan Opereyting kompani" (respublikadagi loyihalar operatori)da bugungi kunda 1,8 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi, ularning 85%ini Oʻzbekiston fuqarolari tashkil etadi. Kelgusida xodimlar sonini 3 ming nafarga yetkazish, bunda mahalliy kadrlar ulushini yanada oshirish rejalashtirilmoqda.

"Lukoyl" Oʻzbekistonda uchta loyiha: Qandim-Hovuzak-Shodi uchastkalari, Janubi-gʻarbiy Hisor konlarida hamda xalqaro konsortsium tarkibida Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismida geologik razvedka ishlarini amalga oshirmoqda. Dastlabki ikki loyiha doirasida "Lukoyl" Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim shartlari asosida 2020 yilga qadar 18 milliard kub metr gaz qazib olishni, investitsiyalar hajmini 8 milliard dollargacha yetkazishni rejalashtirgan.

OAO Lukoyl prezidenti Vagit Alekperov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
LUKOYL Oʻzbekistonda barcha loyhalarini belgilangan muddatda bajaradi

Aprel oyida "Lukoyl" Qandim konlari guruhi loyihasi doirasida yiliga 8,1 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega gazni qayta ishlash zavodi majmuasini qurishga kirishdi. Zavodning birinchi navbati 2018 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning birinchi bosqichida kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdori 3,3 milliard dollar deb baholangan.

Yangiliklar lentasi
0