Jamiyat

Mirziyoyevning virtual qabulxonasi qanday ishlamoqda?

© Sputnik / Sergey SubbotinShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bir hafta davomida qabulxonaga 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Aksariyat murojaatchilarning muammolari bir-ikki kun ichida hal etilgan

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga har kuni yuzlab murojaatlar kelib tushmoqda, deb xabar beradi nuz.uz. Qabulxonaning Facebookdagi sahifasida hal etilgan muammolar haqidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.

Masalan, Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi ayol 26 sentyabr kuni Qishloq qurilish bankidagi omonat raqamidan mablagʻlarini olishda yordam soʻrab 1000 qisqa raqami orqali murojaat qilgan. 28 sentyabr kuni murojaatchi kerakli miqdordagi mablagʻini olgan hamda mablagʻining qolgan qismini yanada yuqori stavkali omonat turiga rasmiylashtirgan.

Oʻzbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyeyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevning internet-qabulxonasi ochildi

27 sentyabr kuni virtual qabulxonaga 1000 raqami orqali Sirdaryolik fuqaro murojaat qilib, “Agrobank” tomonidan taʼlim krediti ajratilishida yordam soʻragan. Ertasi kuni  murojaatchining muammosi ijobiy hal qilingan va taʼlim muassasasi hisob raqamiga 4 mln. 400 ming soʻm mablagʻ taʼlim krediti asosida oʻtkazib berilgan.

Qabulxonaga nafaqat shikoyatlar, balki minnatdorlik maktublari ham kelmoqda. Ana shunday maktublardan birini 89 yoshli onaxon yoʻllagan.

“Oʻqituvchi va murabbiylar kuni oldidan 89 yoshli pedagog onaxonni Bosh vazir virtual qabulxonasiga murojaati boʻyicha masalasi hal boʻlib duo qilganlarini oʻqish naqadar quvonch bagʻishlaydi”, deyiladi ijtimoiy tarmoqdagi sahifada va maktub ilova qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi-Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 24 sentyabr kuni tashkil etilgan boʻlib, (0 800) 210-0000 yoki 1000 qisqa raqamlariga qoʻngʻiroq qilish (qoʻngʻiroq respublika boʻyicha bepul, faqatgina statsionar telefonga qoʻngʻiroq qilish narxi boʻyicha haq olinadi), xat yuborish (pm.gov.uz veb-saytida keltirilgan shaklni toʻldirish orqali) yoki “O‘zLiDeP” hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali murojaat qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0