O‘zbekiston IIV tomonidan qator tumanlar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

© StringerIIB avtomobili
IIB avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar Boshqarmasiga polkovnik Azamat O‘roqov boshliq etib tayinlandi

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Sal oldin Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i Saidakbar Po‘latov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan lavozimidan ozod etilgan edi.

Bugun e’lon qilingan xabarga muvofiq, uning o‘rnini polkovnik Azamat O‘roqov egallagan. Bu haqda "Postda" nashriga tayangan holda kun.uz xabar qilgan.

Shuningdek, nashrda ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tuman Ichki Iishlar Boshqarmasida podpolkovnik Boymirza Usmonov boshliq sifatida ish boshlagan.

 

Yangiliklar lentasi
0