Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

© Ministerstvo oboroni AzerbaydjanaOzarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanovning tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik masalalari muhokama qilishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ozarbayjon Mudofaa vaziri, general-polkovnik Zokir Gasanov O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mamlakatning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi va uning qabriga gulchambar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Zokir Gasanovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik hamda boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilish nazarda tutilgan.

© Ministerstvo oboroni AzerbaydjanaOzarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanov Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanov Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanov Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabr sanasida 78 yoshida insult oqibatida olamdan o‘tgan edi. Marhum o‘z ona-shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etilgan.

Yangiliklar lentasi
0