Samarqandda tramvay qatnovi qayta tiklanadi

© Sputnik / StringerTramvay, Toshkent shahri
Tramvay, Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrida tramvay harakatlana boshlaydi. Bunday taklifni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi vaqtida bildirilgan

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. "Samarqand shahrida tramvay qatnovi qayta tiklanishi g‘oyasi shahar aholisini quvontirdi. Tramvay ekologik toza, iqtisodiy kamxarj va ommabop transport", deb ta’kidlanagan "O‘zbekiston" telekanalining "Axborot" dasturida.

"Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri transport tizimini yanada yaxshilash, zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish lozimligiga e’tibor qaratdi. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, tramvayning ekologik toza transport vositasi sifatida atrof-muhitga ta’siri kamligini qayd etarkan, bu loyihani sifatli bajarish, 2017-yilning Navro‘z bayramigacha yakunlash zarurligini ta’kidladi", — deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati axborotida.

Yo‘nalishlar loyihasi aholi fikrini inobatga olgan holda yaqin vaqtlar ichida ishlab chiqilishi ma’lum qilinmoqda. OAVlarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tramvay liniyasi Siyob bozoridan Sartepa massivigacha o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, elektr tramvaylar Samarqandda 1947-yildan boshlab ishga tushirilgan. 1973-yilning 28-avgusti esa Samarqand tramvayi oxirgi marta qatnagan kun bo‘lgan.

© Sputnik / S. Alekseyev / Mediabankka o‘tishXIX asr oxirida Vitebsk maydonida harakatlangan eng birinchi tramvay surati
XIX asr oxirida Vitebsk maydonida harakatlangan eng birinchi tramvay surati - Sputnik O‘zbekiston
XIX asr oxirida Vitebsk maydonida harakatlangan eng birinchi tramvay surati

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 2-mayida Toshkent tramvayining 115-yillik tarixiga nuqta qo‘yilgandi. Shu kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — "Beshqayrag‘och" dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgandi.

Mazkur qaror avtomobil transporti sonining muntazam ortib borayotgani, ko‘cha tarmoqlarining yetarli darajada rivojlanmagani va tramvay yo‘nalishlarining samarasiz faoliyati sabab qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0