Lola Karimova ota qabrini ziyorat qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston birinchi prezidentining kichik qizi Lola Karimova ijtimoiy tarmoqda ota qabrini ziyorat qilgani haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidentining kichik qizi Lola Karimova o‘z onasi va turmush o‘rtog‘i bilan ota qabrini ziyorat qilishdi. Bu haqida Lola Karimova Instagramdagi sahifasida xabar qilmoqda.

O‘zbekiston birinchi prezidenti islom Karimov 2-sentabr kuni insult oqibatida 78 yoshida vafot etgan edi. Islom Karimov Samarqandda Shohi-Zinda qabristonida dafn etilgan.

"Bugun turmush o‘rtog‘im va onajonim bilan birgalikda rahmatli otamning qabrlarini ziyorat qildik. O‘sha damlarda qalbimizdan kechgan xissiyotlarni so‘z bilan ifodalash qiyindir. Qo‘limdagi gulga kelib qo‘ngan oq kapalakni biz dadamlarning U Dunyolari obod ekanligining ramzi deya qabul etdik. Qayerda bo‘lmayin, ular hamisha qalbimdalar", — deb yozdi o‘zining Instagramda Lola Karimova-Tillayeva.

Shuningdek, Lola Karimova otasini juda sog‘inganini ham aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0