Ozarbayjon tinchlikparvar askarlari Afg‘onistonga jo‘nab ketdi

© Foto : mod.gov.azOzarbayjonlik tinchlikparvar askarlar Afg‘onistonga jo‘nab ketdi
Ozarbayjonlik tinchlikparvar askarlar Afg‘onistonga jo‘nab ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
50 nafar Ozarbayjon tinchlikparvar askarlari NATO qo‘shnlari tarkibida “Dadil yordam” missiyasini amalga oshirish uchun Afg‘onistonga jo‘nab ketdi.

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Ozarbayjon quroli kuchlarining 50 nafar askari tinchlikparvar vazifani bajarish uchun Afg‘onistonga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda respublika Mudofaa vazirligi.

“Navbat almashuvi tartibida 50 kishidan iborat Ozarbayjon tinchlikparvar askarlari, jumladan ikki harbiy vrach va ikki nafar injener qo‘shnlari zobitlari Afg‘onistonga jo‘nab ketdi. Ular “Dadil yordam” missiyasi tarkibida xizmat qiladi”, — deyilgan xabarda.

Ozarbayjon harbiy kuchlarining Afg‘onistondagi tinchlik missiyasi 2002-yilning 20-noyabrida NATO qo‘shnlari tarkibida boshlangan edi.

NATOning Afg‘onistondagi “Dadil yordam” missiyasi 2015-yilning 1-yanvaridan davom etib kelmoqda. NATO va Afg‘oniston hukumati kelishuviga asosan mamlakatda shimoliy alyansning 12 ming nafar harbiy xizmatchilari joylashtirilgan. Ularning asosiy vazifasi Afg‘on kuch ishlatish tuzilmalarini o‘qitish va maslahat berish. Missiya doirasida janglarda qatnashish nazarda tutilmagan.

Yangiliklar lentasi
0