Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston temir yo‘llari yangi qatnov yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan 18-oktabrdan ayrim poyezdlar jadvaliga o‘zgarishlar kiritilishini xabar berdi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. “Toshkent – Andijon” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi 17-oktabrda ishga tushadi, deb xabar qildi O‘zbekiston temir yo‘llari.

№62/61 sonli yangi qatnov Toshkentdan 16:30 yo‘lga chiqib, Andijonga  22:30 da yetib keladi. Andjondan poyezd tong soat 06:00 da yo‘lga chiqib Toshkentga soat 12:10 da yetib keladi.

O‘zbekiston temir yo‘llari yangi qatnov yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan 18-oktabrdan “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida qatnayotgan 391/392 va 91/92 sonli poyezdlar jadvaliga ham o‘zgarishlar kiritilishini xabar berdi.

Yangiliklar lentasi
0