Bashar Asad: uchinchi jahon urushining hidi kelyapti

© Press-slujba prezidenta Sirii Bashara Asada / Sputnik / Mediabankka o‘tishBashar Asad
Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asadning aytishicha, "bu jarayonda ko‘plab siyosiy sahnalar mavjud va Suriya ular orasidagi muhim sahnalardan biridir"

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asadning fikricha, jahondagi hozirgi vaziyat sovuq urushga o‘xshaydi, lekin global nizo kelib chiqishi ehtimoli ham bor. Shuningdek Asad Suriya inqirozini hal etish uchun duch kelgan har kim bilan emas, balki haqiqatan ta’sir kuchiga ega va terrorchilarga qarshi kurasha oladigan siyosiy kuchlar bilangina muzokaraga kirishish kerakligini bildirdi. Uning aytishicha, Suriya hukumati o‘z ta’sir kuchiga ega.

"Uchinchi jahon urushi haqida. Bu ibora tez-tez ishlatilmoqda – ayniqsa yaqinda Suriyadagi vaziyat keskinlashganidan keyin. Bugungi kunda biz rivojlanish bosqichida bo‘lgan sovuq urushga o‘xshash vaziyatni kuzatmoqdamiz. Bu yaqinda paydo bo‘ldi, menimcha,bu  G‘arb va ayniqsa AQSh SSSR tarqalganidan keyin ham sovuq urushni to‘xtatishmagani oqibati", — dedi Asad "Komsomolskaya pravda" gazetasiga bergan intervyusida. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: AQSh Suriya qo‘shinlariga ataylab zarba bergan

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu jarayonda ko‘plab siyosiy sahnalar mavjud va Suriya ular orasidagi muhim sahnalardan biridir".

"Biz nizoning keskinlashganini ko‘rmoqdamiz, lekin asosiy maqsad dunyoda Amerika hukmdorligini saqlab qolish, siyosiy va xalqaro maydonda hech kimga, Rossiya bo‘ladimi yoki ularning  G‘arbdagi ittifoqchilari bo‘ladimi, hamkorlik qilishga yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuning uchun, siz aytgan (intervyu oluvchi) uchinchi jahon urushining hidi kelmoqda, lekin bu harbiy, terroristik va siyosiy unsurlar mujassam bo‘lsada, hozircha to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv emas", — dedi Asad.

U "Suriya bu urushning faqatgina bir bo‘lagi" ekanligini aytdi. Bashar Asadning so‘zlariga ko‘ra, Suriya nizosini hal qilish uchun bu yerda terrorchilarni kim qo‘llab-quvvatlayotganini aniqlash muhim.

"Hozirda Suriyaning ishlariga kim aralashayotgani ahamiyatga ega emas, eng muhimi — terrorchilarni har kuni va har soatda kim qo‘llab-quvvatlayotgani. Asosiy muammo mana shu. Agar shuni hal qila olsak, siz aytgan chigal vaziyat ahamiyatini yo‘qotadi. Biz bu muammoni yecha olamiz. Chunki gap qaysi davlatlar mamlakat ishiga aralashayotgani haqida emas, balki terrorchilarni qaysi davlatlar qo‘llayotganida", — dedi u.

"Rossiya, Eron va "Hezbulloh" —bizning doimiy ittifoqchilarimiz va ular bu yerda qonuniy asosda turishibdi. Ular terrorchilarga qarshi kurashishmoqda, lekin terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun aralashayotgan boshqa davlatlar ham bor. Gap qatnashchilarning sonida emas, asosiy masala bu terrorizm", — dedi Asad.

Yangiliklar lentasi
0