Uzcard Woy-wo mobil dasturini ishga tushirdi

© Sputnik / StringerWoy-wo mobil dasturi
Woy-wo mobil dasturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dasturni, ayni damda, Play Market va AppStore magazinlaridan bepul yuklab olish mumkin.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Uzcard "Woy-wo" dasturini ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya rasmiy sahifasi.

Yangi dastur xaridorlarga woy-wo.uz saytida mavjud bo‘lgan xizmatlardan mobil telefon orqali foydalanish imkonini beradi. Foydalanuvchilar uchun to‘lov vaqti ham qisqaradi. "To‘lash" tugmasi bosilganidan keyin to‘lov amalga oshirilguniga qadar bir necha soniya o‘tadi.

Odnoklassniki tarmog‘i - Sputnik O‘zbekiston
"Odnoklassniki" UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlik qilmoqda

Yaqin orada portalning  USSD-xizmati ham ishga tushadi. Ushbu xizmat orqali bank sahifasiga kirmasdan va internet xizmatidan foydalanmagan holda to‘lovlar amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Woy-Wo" Internet to‘lovlar portali iyul oyining boshida ishga tushgan edi. U yerda O‘zbekiston hududida onlayn to‘lov evaziga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar jamlangan. "Woy-Wo"da internet-magazinlarda sotilayotgan tovarlar, kommunal to‘lovlar, internet provayderlari, uyali aloqa va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar jamlangan.

Yangiliklar lentasi
0