Gorbachev va katta Bush Rossiya bilan AQShni "yarashtirishmoqchi"

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMixail Gorbachev
Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Beyker "Rossiya va AQSh orasidagi hozirgi munosabatlar ulkan xavotir uyg‘otayotganligini" bildirgan

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachev, AQSh sobiq prezidenti katta Jorj Bush va sobiq davlat kotibi Jeyms Beyker telefon orqali muloqot o‘tkazishdi. Ular Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish ustida bosh qotirishmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti "Gorbachev-fond" matbuot xizmatiga tayanib.

Matbuot xizmatining bildirishicha, sobiq davlat kotibi Beyker "Rossiya va AQSh orasidagi hozirgi munosabatlar ulkan xavotir uyg‘otayotganligini" bildirgan.

"Biz yana suhbatlashib turganimizdan xursandman. Bizning odamlarga aytadigan so‘zlarimiz yetarli. Sovuq urushni, qurollanish poygasini to‘xtatish bizning tajribamizdan o‘tgan. Biz hech qachon muloqotni to‘xtatmaganmiz va bu hozirgi siyosatchilarga namuna bo‘lishi lozim", — degan Gorbachev.

"Eng og‘ir vaziyatlarda ham murosaga kelish mumkin. Hozir ham tomonlar manfaatini hisobga oladigan murosa yo‘lini topish kerak. Va hech kim o‘zini g‘olib deb e’lon qilmasligi lozim. Mana shu boshi berk ko‘chadan chiqib olsak, bu umumiy g‘alabamiz bo‘ladi", — deya ta’kidlagan sobiq sovet rahbari.

Matbuot xizmatining bildirishicha, "suhbatdoshlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish va o‘zaro hamkorlikni qayta tiklashga urinish haqida kelishib olishgan. Ular buning uchun nima qilish lozimligi haqida o‘ylashmoqda", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0