Jamiyat

Tojikistonlik kuzatuvchilar Prezidentlik saylovlarida qatnashishadi

© Sputnik / Igor MaslovSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik Oʻzbekiston
Saylovlarni komissiya aʼzolari Jamshed Jamshedov va Nosirjon Salimiylar ham kuzatishadi

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Tojikiston saylov va referendumlar boʻyicha markaziy komissiyasi rahbari Baxtiyor Xudoyorzoda Oʻzbekiston Prezidentligiga boʻlib oʻtadigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashadi, deb xabar beradi RIA Novosti "Xovar" agentligiga asoslanib.

Bundan tashqari, saylovlarni mazkur komissiya aʼzolari Jamshed Jamshedov va Nosirjon Salimiylar ham kuzatishadi, deyiladi xabarda.

Saylov qutisi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

Oʻzbekiston MSK Prezidentlik saylovlari borishi boʻyicha xalqaro kuzatuvda ishtirok etish uchun Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi, YEXHT, MDH Ijroiya qoʻmitasi, SHHT, IHT va Oʻzbekiston saylov organlari butunjahon assotsiatsiyasini rasman taklif etgan.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Prezidentlik saylovlari 4 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala