Hodisalar

Oʻzbekistonliklar Mi-171 halokati qurbonlari oilalariga oʻz yordamlarini taklif qilishmoqda

© Sputnik / Aleksey Nasыrov / Fotobankka oʻtishGvozdika va shamlar
Gvozdika va shamlar - Sputnik Oʻzbekiston
Halokat oqibatida toʻqqiz nafar kishi halok boʻlgan

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining Mi-171 vertolyoti halokatga uchragani haqida xabar eʼlon qilinishi bilan oʻzbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildira boshlashdi.

Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Atambayev vertolyot halokati munosabati bilan Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi
Milliy telekanal orqali berilgan rasmiy axborotga koʻra, halokat oqibatida toʻqqiz nafar kishi halok boʻlgan, ulardan uch nafari ekipaj aʼzosi va olti nafari Qurolli kuchlar harbiylari edi.

Oʻznet foydalanuvchilari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur qaygʻu bildirar ekanlar, bu ogʻir damlarda ularga sabr va matonat tilaydilar. Oʻzbek xalqi har doim oʻzining eng yaxshi fazilatlarini namoyish etib kelgan va ushbu aviahalokat qurbonlarining oila aʼzolariga yordam koʻrsatishga tayyor.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari faqatgina hamdardlik bildirish bilan cheklanib qolmasdan, halok boʻlganlarning oilalariga moddiy yordam koʻrsatishni taklif qilishib, ularning yashash manzillarini soʻrashmoqda.

Jamiyat
Fargʻona vodiysida vertolyot yomon ob-havo tufayli qulagan boʻlishi mumkin
Oʻz navbatida Oʻzbekiston rahbariyati halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev ham Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga va halokat qurbonlarining oila aʼzolariga oʻz hamdardligini bildirdi.

Aviahalokat sabablarini tekshirish boʻyicha maxsus komissiya tashkil etilgan. Hozircha halokatga nima sabab boʻlganligi haqida rasman maʼlum qilinmadi. Shuningdek, vertolyot Fargʻona viloyatining aynan qaysi hududida halokatga uchragani ham maʼlum emas.

Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari voqealar rivojini kuzatib boradi va mavzuga oid axborot bilan tanishtirib boradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala