O‘zbekiston delegatsiyasi O‘shga keladi

© Adam JonesAndijon shahri
Andijon shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrifning asosiy maqsadi – qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdir.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Ushbu yilning 26-oktabri kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonga javob tashrifi uyushtiradi, Sputnik Kirgizstan xabariga asosan.

Tashrifning asosiy maqsadi – o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdir.  Oktabr boshida Muxammetkali Abulgaziyev boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi Andijon viloyatiga  tashrif buyurgan edi.

Mehmonlar chegaraga yaqin bo‘lgan O‘sh viloyatiga tashrif buyurib, O‘sh markazida bo‘lib o‘tadigan madaniy-bayram tadbirlarida ishtirok etishadi va Qirg‘iziston xalqlar assambleyasida bo‘lishadi. Shuningdek, Bobur nomidagi o‘zbek drama teatrida “Semetey — Manas o‘g‘li” nomli spektaklda bo‘lishadi.

Undan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi shahar markazidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari namoyishida va O‘sh Davlat universitetining “Ak Burra” kampusida bo‘lib, Tibbiyot fakultuti talabalari bilan uchrashishadi.

Tashrif so‘nggida O‘zbekiston vakillari “Sulayman-Too” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurishib ikki taraflama hamkorlik haqidagi hujjatlar imzolashadi.

V zavershenie vizita predstaviteli Uzbekistana posetat istoriko-etnograficheskiy kompleks "Sulayman-Too". Po itogam vstrechi budut podpisani dvustoronnie dokumenti.

Yangiliklar lentasi
0