Toshkentda uy qulab tushishi oqibatida uch kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojea sababi - qurilishning xususuiy uylar uchun belgilangan qurilish meyor va qoidalariga amal qilinmasdan olib borilayotganligi bo‘lgan.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Toshkentning Shaxontoxur tumanidagi Farobiy ko‘chasida joylashgan 393-b raqamli qurilayotgan xususiy uy qo‘qqisdan qulab tushgan. Fojea natijsida uch kishi qurbon bo‘lgan va yana ikki kishi jarohatlangan.

Ayni damda huquqni saqlash organlari voqea bo‘lgan joyni o‘rab olishgan, FV xizmati va o‘t o‘chiruvchilar va Toshkent hokimiyati vakillari voqea sodir bo‘lgan joyni qurilish materiallaridan tozalashmoqda. Qurbon bo‘lganlarning jasadlari bino xarobalari ostidan chiqarib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojea sababi — qurilishning xususuiy uylar uchun belgilangan qurilish meyor va qoidalariga amal qilinmasdan olib borilayotganligi bo‘lgan. Shayxontoxur tumani IIB va Prokuratura xodimlari fojea sabablarini o‘rganishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0